Jahon | 17:30 / 23.03.2018
12285
1 daqiqa o‘qiladi

YeIda Skripal ishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi choralar qachon qabul qilinishi ma'lum

Foto: Reuters

Litva prezidenti Dalya Gribauskaytening ma'lum qilishicha, Yevroittifoq davlatlaridan ba'zilari GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi yuz bergani tufayli Rossiyaga qarshi choralarni kelasi haftadan joriy etishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Mening o‘ylashimcha, milliy choralarni qo‘llash kelasi haftadan boshlanishi mumkin», - deya aytib o‘tdi Gribauskayte.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeIdagi qaysi davlatlar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid