Jahon | 18:20 / 26.03.2018
42114
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh rossiyalik 60 nafar diplomatni chiqarib yubormoqda

Foto: TASS

Amerika Qo‘shma Shtatlari rossiyalik 60 nafar diplomatga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muddat berdi. Bu haqda RIA «Novosti» tomonidan tarqatilgan xabarda aytiladi.

AQSh hukumati «Skripal ishi» tufayli mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboradi.

«Biz mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboramiz. Hammasi bo‘lib 60 diplomat», - deya aytib o‘tgan Oq uydagi manba.

Ta'kidlanishicha, AQSh «rossiyalik o‘nlab razvedkachilarni» chiqarib yuborish hamda Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligini yopish haqida qaror qabul qilgan.

Mavzuga oid