Jahon | 16:47 / 26.03.2018
12654
1 daqiqa o‘qiladi

YeIda Skripal ishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi choralar qanday ishlab chiqilayotgani aytildi

Foto: Francois Lenoir/Reuters

Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlar GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi tufayli Rossiyaga qarshi choralarni «Yevropa doirasida» qabul qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» YeI diplomatiyasi rahbari Federiki Mogerinining vakiliga asosan xabar bermoqda.

«Bu Yevropa doirasida qilinadi, biroq, biz milliy darajalardagi qarorlar haqida gapiradigan bo‘lsak, buni YeI davlatlarining o‘zlari qabul qiladi», - deya aytib o‘tdi manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripal zaharlanishi yuz bergan kun haqida yangi ma'lumot paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid