Jahon | 14:57 / 26.03.2018
5939
2 daqiqa o‘qiladi

«Yomg‘irli kun fondi». Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbaridan noodatiy tashabbus

Foto: Global Look Press

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristin Lagard yevrohudud uchun «yomg‘irli kun jamg‘armasi»ni tashkil etish taklifi bilan chiqdi. U valyuta ittifoqi a'zolariga kelajakdagi iqtisodiy muammolar bilan kurashishda yordam beradi, deb xabar qilyapti Reuters.

Lagard o‘z nutqida jahon iqtisodiyotidagi «barqaror hamda global ko‘tarilishni» ma'qulladi.

«Biroq, boshqa kuchli qarama-qarshi tahdidli shamollar ham bor. Populizm va proteksionizmga chaqiruvchi hayqiriqlar ko‘paygani haqida bir o‘ylab ko‘ring», - deya aytib o‘tdi Lagard.

U yevrohudud iqtisodiy inqirozga tayyorgarlik ko‘rishi uchun kapital bozorlarining modernizatsiyalangan ittifoqi, yaxshilangan bank ittifoqini rivojlantirish hamda katta fiskal integratsiya yo‘nalishiga qarab harakatlanishga chaqirdi.

Uning ta'kidlashicha, bunday byudjyet vositasi sarmoyadorlarni tinchlantirishi mumkin edi.

Aniqlik kiritilishicha, yevrohudud mamlakatlari «yomg‘irli kun jamg‘armasi»ni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili aktivlar yaratishga mablag‘lar kiritishi lozim bo‘ladi. Keyinchalik ular iqtisodiy inqiroz vaqtida transferlarni olishi mumkin.

Mavzuga oid