Fan-texnika | 23:53 / 31.03.2018
14059
2 daqiqa o‘qiladi

Fan tabiatdan o‘rganmoqda: Kameralarga ko‘rinmas kamuflyaj yaratildi

Foto: ScienceNewsline

Odamlar niqoblanish texnologiyasini qadimdan o‘zlashtirib kelganlar va ular yaratgan kamuflyaj qanchalik mukammal bo‘lsa, ularning harbiy kampaniyalari shunchalik muvaffaqiyatli kechgan. O‘shandan beri texnologiyalar ancha ilg‘orilab ketgan: bu sohada oxirgi haqiqatan ahamiyatli natijalardan biri Kaliforniya universiteti olimlarining ixtirosi bo‘ldi. Ularni bunga dengiz jonzotlari – kalmarlar ilhomlantirgan. Gap shundaki, kalmarlar o‘z terisi hujayralaridagi pigment evaziga to‘qimalarni deformatsiya qilib,  tanasi rangini o‘zgartira oladi.  

Amerikalik olimlar kalmarning bu jihatini takrorlash usulini topishdi. Buning uchun ular elastik polimer plyonka sirtini alyuminiy bilan qoplashgan. Bunday plyonka cho‘zilsa, siqilgan holatdagisidan ko‘proq infraqizil nur akslantiradi. Uning bu xususiyati, albatta, obektni ko‘rinmas qila olmaydi, biroq infraqizil datchiklardan yashira oladi. 

Olimlar o‘z ixtirolarini kalmar shaklida kesib olingan plyonkani issiq sirtga qo‘yib sinab ko‘rishdi. Shakl qizigan holatda kamerada yaxshi ko‘rinadi, biroq u sovitilsa, tasvir yo‘qoladi. Olimlar bu texnologiyani qo‘llab, yaqin kelajakda insonni raqamli qurilmalarga ko‘rinmas qila oluvchi yangi kamuflyaj yaratishmoqchi.