Jahon | 16:10 / 03.04.2018
7740
1 daqiqa o‘qiladi

NATO rossiyalik diplomatlarga viza berishdan bosh tortdi

Foto: Reuters

NATOda Rossiyadan bo‘lgan diplomatlarga vizalar berilmaydi. Ushbu diplomatlar Rossiyaga qaytarib yuborilgan hamkasblarini almashtirishi lozim edi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Ha, haqiqatdan ham, yetti kishiga rad javobi berildi. Bryusselda yana uch xodimga viza berilmasligi haqida ma'lum qilishgan», - deya aytib o‘tgan Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Grushko.

Avvalroq NATO bosh kotibi rossiyalik yetti diplomat vataniga qaytarib yuborilishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid