Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni ma'lum bo‘ldi
2018 yil 1 aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 238,5 mingtani tashkil qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2017 yil 1 aprel holatiga qaraganda 7,4%ga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi ya'ni 53,9 mingtasi (22,6%) Toshkent shahriga, 22,8 mingtasi (9,6%) Toshkent, 21,1 mingtasi (8,9%) Farg‘ona hamda 20,8 mingtasi (8,7 foizi) Andijon viloyatlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 238,5 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 63,8 mingtasi (26,8%) – savdoda, 49,7 mingtasi (20,8%) - sanoatda, 29,3 mingtasi (11,0%) - qurilishda, 21,7 mingtasi (9,1%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 17,7 mingtasi (7,4%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida, 12,3 mingtasi (5,2%) - tashish va saqlashda, 6,3 mingtasi (2,6%) - axborot va aloqa sohasida, 4,7 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda, shuningdek 36,0 mingtasi (15,1%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.
2018 yil yanvar-mart holatiga 13,2 mingtaga yaqin kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan qaraganda 3,1%ga ko‘pdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida (3055ta), Toshkent (1307ta), Farg‘ona (1105ta) va Samarqand viloyatlarida (1088ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (362ta), Xorazm (450ta) hamda Navoiy (514ta) viloyatlarida tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng ko‘pi savdoda (3066ta), sanoatda (3009ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (1720ta) va qurilishda (1666ta) tashkil etilgan. Eng kam esa axborot va aloqada (362ta), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (364ta) hamda tashish va saqlashda (563ta) tashkil etilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024