O‘zbekiston | 09:09 / 09.04.2018
7111
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston I chorakda benzin ishlab chiqarishni 11,6 foizga oshirdi

Foto: KUN.UZ

2018 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston avtomobil benzini ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 11,6%ga - 309,9 ming tonnagacha oshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 18,2 foizga oshdi va 291,2 ming tonnani tashkil etdi.

Shu bilan birga, 2018 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 184,9 ming tonna neft qazib oldi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 10,3 foizga kamdir.

Hisobot davrida tabiiy gaz qazib olish 6,4 foizga - 14,71 milliard kub metrgacha o‘sdi.

2018 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 534,5 ming tonna gaz kondensati olindi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 19,4 foizga ko‘pdir.

Mavzuga oid