O‘zbekistonda I chorakda necha so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi?
Dastlabki ma'lumotlar bo‘yicha 2018 yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 44,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur'ati 11,8%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida aytiladi.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 7,6%ga (jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga qo‘shgan hissasi 5,8 punkt), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 36,9%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 5,3 punkt), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 5,2%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 0,4 punkt) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 32,9%ga (o‘sishga qo‘shgan hissasi 0,3 punkt) o‘sishi hisoblanadi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 7,6 trln so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 17,1%ni tashkil etdi.
Tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo‘yicha chaqiq tosh qazib olish hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 martaga, kaolin - 97,0%ga, shag‘al – 44,0%ga, gaz kondensati – 19,4%ga, ko‘mir - 18,4%ga va tabiiy gaz – 6,4%ga oshganligini, shu bilan birga neft qazib olish hajmining 10,3%ga kamayganligini kuzatish mumkin.
2018 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 32,8 trln so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 73,7%ni tashkil etdi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiya tarmog‘ining ulushi 1,3%ni (2017 yil yanvar-mart oylarida - 1,8%), o‘rta-yuqori texnologiyali - 27,2% (18,4%), o‘rta-quyi texnologiyali - 30,9% (26,4%) va quyi texnologiyali - 40,6% (53,4%) tashkil etdi.
O‘z navbatida sanoatning mazkur tarmog‘ida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan traktor ishlab chiqarish 6,1 martaga, yengil avtomobillar (ixtisoslashtirilganlarsiz) – 44,7%ga, avtomobil dvigatellari 43,5%ga, akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar – 19,3%ga, dizel yoqilg‘isi – 18,2 % ga, avtomobil benzini - 11,6 % ga va o‘simlik yog‘i (tozalangan) – 2,9 % ga oshganligini va paxta tolasi, tamaki mahsulotlari, portlandsement, avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayganligini kuzatish mumkin.
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3,6 trln so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 8,2%ni) tashkil etdi.
2018 yilning yanvar-mart oylarida sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash hamda bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash tizimi hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5%ga va gazsimon yonilg‘ini ishlab chiqarish va taqsimlash hajmining – 1,2%ga oshganligi kuzatildi.
Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 446,3 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,0%ni) tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan tarkibida alyuminiy bo‘lgan ikkilamchi xom ashyoni 71,2%ga, tarkibida qora metallar bo‘lgan ikkilamchi xom ashyoni - 50,1%ga, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarning – 19,5%ga, suvga ishlov berish va suv quvurlari bo‘yicha taqsimlash bo‘yicha xizmatlarning – 10,4%ga oshganligi kuzatildi.
Tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida iste'mol tovarlar ishlab chiqarish hajmi 13,4 trln so‘mni tashkil etdi va 2017 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 5,2%ga o‘sishi ta'minlandi, jami sanoatdagi ulushi esa 30,1%ni tashkil etdi.
2017 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan iste'mol tovarlari tarkibida nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish ulushining 48,9%dan 2018 yilning yanvar-mart oylarida 60,5%ga oshishi kuzatilmoqda.
Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p Toshkent viloyati va Toshkent shahari (respublika sanoat ishlab chiqarish hajmning 16,0% ulushini), Navoiy (11,8%), Andijon (9,9%), Qashqadaryo (7,3%), Farg‘ona (6,2%) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga eng kam ulushi Jizzax va Surxondaryo (1,5%), Sirdaryo (2,2%), Namangan (2,3%) va Xorazm (2,9%) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni ta'kidlash joizki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish natijasida Surxondaryo (2017 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 43,3%ga), Andijon (33,6%ga), Xorazm (20,2%ga), Qashqadaryo (13,3%ga) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (12,9%ga) sezilarli darajada ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ta'minlandi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning tabaqalanishi tahlili Navoiy viloyatida (5473,4 ming so‘m), Toshkent shahrida (2876,0 ming so‘m), Toshkent (2486,9 ming so‘m) va Andijon (1456,8 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasi ko‘rsatkichidan (1359,7 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida aholi jon boshiga o‘rtacha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining yuqori o‘sish sur'atlari Surxondaryo (2017 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 140,4%ga), Andijon (131,4%ga) va Xorazm (118,3%ga) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga Shu bilan birga, Samarqand (96,5%), Buxoro (99,2%) va Navoiy (99,8%) viloyatlarida o‘sishning past sur'atlari kuzatildi.
Kichik tadbirkorlik sub'yektlari sanoat ishlab chiqarishda keskin faollashgani natijasida ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8%ga oshishini ta'minladi, o‘z navbatida kichik biznesning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi esa 28,8% tashkil etmoqda.
Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 67,1%), Namangan (57,9%), Samarqand (53,2%) va Jizzax (48,7%) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga, eng kichkina ulush Navoiy viloyatida (11,3%), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (11,8%), Toshkent (16,6%) va Qashqadaryo (17,4%) viloyatlarida kuzatildi.
Bugungi kunda respublikada 51 mingga yaqin sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ulardan 12330tasi Toshkent shahriga, 5518tasi Farg‘ona, 5380tasi Toshkent, 4989tasi Andijon, 3905tasi Namangan, 3837tasi Samarqand, 2261tasi Buxoro, 2190tasi Xorazm, 2147tasi Qashqadaryo, 1951tasi Jizzax, 1718tasi Surxondaryo, 1585tasi Navoiy, 1130tasi Sirdaryo viloyatlariga va 1455tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida respublikada 3 mingdan ortiq yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan qariyb 70% Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024