Sport | 10:31 / 09.04.2018
16057
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi qiz Osiyo chempioniga aylandi

8 aprel kuni Tailand davlatining Chaingmay shahrida shaxmat bo‘yicha 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida blits yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionat 9 turdan iboratdan bo‘lib, shveysarcha tizimda, 3+2 vaqt nazorati bo‘yicha tashkil etildi.  

KUN.UZ’ga Shaxmat federatsiyasidan ma'lum qilishlaricha, musobaqa natijalariga qo‘ra, 12 yoshgacha qizlar o‘rtasida Umida Omonova 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘ardi va Vetnam, Hindistondan bo‘lgan raqibalarini ortda qoldirib, Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.  

Foto:  Shaxmat federatsiyasi
Foto:  Shaxmat federatsiyasi

Shuningdek, Abdimalik Abdisalimov 16 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi. 

9 aprel kuni musobaqaning standart yo‘nalishining so‘nggi turi start olgan bo‘lib, unda Umida Omonova hamda Abdimalik Abdisalimov navbatdagi Osiyo chempionati medallari uchun yuqori imkoniyatga ega.

 

Mavzuga oid