Jahon | 01:20 / 12.04.2018
20556
3 daqiqa o‘qiladi

Semizlikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar kashf qilindi

Foto: Fotolia / alexandre zveiger

Olimlar G‘arbning yog‘li taomlarini iste'mol qiluvchi odamlarning ichaklarida ovqat hazm qilish jarayonida yog‘larning parchalanishi va semizlik rivojini tezlashtirishga turtki beruvchi o‘ziga xos mikroblar borligini aniqlashdi. Cell Host & Microbe jurnalida shu haqida xabar berildi.

"Bu bakteriyalar ichak yog‘larning yanada samaraliroq so‘rila boshlashiga olib keluvchi hodisalar zanjiridagi asosiy zvenolardan biri bo‘lib chiqdi. Ingichka ichak mikroflorasini hech kim o‘rganmagan va biz birinchi bo‘lib bu bakteriyalar yog‘larni hazm qilish va so‘rilishni boshqarishi hamda semizlik va yurak kasalliklari rivojida katta rol o‘ynashini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldik", - dedi Chikago universitetidan Yujin Chang.

So‘nggi yillarda olimlar G‘arb parhezining ko‘plab salbiy jihatlarini kashf qilishdi. Masalan, bir yil avval olimlar yog‘li taom Altsgeymer kasalligiga sabab bo‘lishi va miya faoliyatini o‘zgartirishi mumkinligini aniqlashdi. Ikki yil avval esa ular fastfud insonni ovqatlanib bo‘lganini unutishga majbur qilishini ma'lum qilishdi.

Olimlar kemiruvchilarning ovqat hazm qilish organlari faoliyatini kuzatib, mikroflorasiz sichqonlarning ichagi boshqa guruhdagi sichqonlar organizmiga qaraganda yog‘li taomni yomonroq hazm qilganini kuzatishdi. Ularning qonida xolesterin va boshqa turdagi yog‘ molekulalarining deyarli yo‘qligi ham shunga ishora qiladi. 

Chang va uning hamkasblari mikroflora va yog‘li taomni hazm qilish o‘rtasidagi aloqani kashf qilib, yog‘larning parchalanishi bilan bog‘liq mikroblarni topishga harakat qilishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, bunga Clostridiaceae mikroblari "aybdor" bo‘lib chiqqan, ular yog‘larni parchalovchi va ularning organizmga so‘rilishini tezlashtiruvchi ko‘plab fermentlarni ajratgan. 

Yangi yog‘ porsiyalarining paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, bu mikroblarning ko‘payishini tezlashtirgan. Olimlar "semizlikni keltirib chiqaruvchilar"ning bir necha eng "samarali" versiyalarini tanlab olib, ularni yog‘li taom bilan oziqlangan tozalangan ichakli sichqonlar ratsioniga qo‘shishdi. Bu ularni tezda ortiqcha vazn to‘plashiga olib kelgan.

Olimlar ushbu bakteriyalarning keyingi tadqiq qilinishi ularning qanday qilib mikroflora bo‘ylab tarqalishini to‘xtatish va inson organizmini semizlik rivojidan himoyalashi mumkinligini tushunishga yordam berishiga umid qilishmoqda. 

Mavzuga oid