Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharifga siyosat bilan shug‘ullanish umrbod taqiqlandi
Pokiston Oliy sudi juma kuni mamlakat sobiq bosh vaziri Navoz Sharifga siyosat bilan shug‘ullanishni umrbod taqiqladi. Bu haqda mahalliy Dawn nashri xabar bermoqda.
Nashr xabariga ko‘ra, sud qarori ushbu sessiyada bo‘lgan barcha besh sudya tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
Avvalroq Pokiston Oliy sudi Navoz Sharifni “Pokiston musulmonlar ligasi” partiyasi yetakchisi lavozimidan chetlashtirgandi.
2017 yilning iyulida Pokiston Oliy sudi Sharifni mamlakat bosh vaziri lavozimidan chetlashtirdi. Bunga “Panama hujjatlari” sabab bo‘ldi. Uning ko‘rsatishicha, bosh vazir farzandlari ofshor firmalarga egalik qilgan. Oliy sud komissiyasi qoshidagi maxsus tergov guruhi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv o‘tgan yilning yozida yakuniga yetdi, hamda shundan keyin Oliy sud komissiyasi shu asosda jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
12:27 / 21.08.2024