Jahon | 15:21 / 19.04.2018
21269
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Rossiyaga protest bildirdi

Foto: Sergey Krasnouxov/TASS

Yaponiya Rossiya tomoniga Kuril orollarida harbiy mashqlar o‘tkazilishi munosabati bilan protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Sugaga asosan xabar qilmoqda.

«Biz Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali protest bildirdik, sababi to‘rtta shimoliy orolda harbiy kuchni mustahkamlash bizning davlat pozitsiyasiga javob bermaydi», - deya ma'lum qilgan manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, munosabatlarni tartibga solish uchun hududiy masalaga yechim topish darkor.

«Biz to‘rtta shimoliy orolni qaytarish to‘g‘risidagi qaror asosida muzokaralar olib borishga va Rossiya bilan tinch bitimni imzolashga tayyormiz», - deya aytib o‘tdi Suga.

Mavzuga oid