Jahon | 02:52 / 24.04.2018
16570
2 daqiqa o‘qiladi

Torontoda mikroavtobus yo‘lovchilar ustiga haydaldi - to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Foto: s0.rbk.ru

Kanadaning Toronto shahrida mikroavtobusning piyodalar o‘tish yo‘lkasiga haydalishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan. Yana 16 kishi turli darajadagi jarohatlar olgani aytilmoqda. Mashina nima sababdan piyodalar yo‘lkasiga haydalgani hozircha aniq emas. Politsiya ushbu voqeani terakt deb baholashga shoshilmay turibdi.

Kanadaning Toronto shahrida mikroavtobusning piyodalar o‘tish yo‘lkasiga haydalishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan yana 16 fuqaro tan jarohati olgan. Ushbu ma'lumotlarni Toronto politsiyasi tarqatdi. Mashina rulida bo‘lgan haydovchi ushlangan.

Ilgariroq, jabrlanganlardan yetti nafari Torontodagi Sunnybrook shifoxonasiga olib ketilgani xabar qilinayotgan edi. 

Mikroavtobusning piyodalar yo‘lkasiga haydalishi sabablarini hozircha politsiya aniqlay olgani yo‘q. «Hozircha bunga asosiy sabab nima bo‘lgani haqida gapirishga juda erta», — degan jurnalistlarga Toronto politsiyasi vakili Megan Grey. Kanada jamoatchilik xavfsizligi vaziri Ralf Gudal politsiya voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borayotganini ma'lum qildi. U ham ushbu voqeani terrorchilik akti deya baholashga hali juda erta ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Foto: twitter.com/TorontoPolice

Torontoda oq tusli mikroavtobus piyodalar yo‘lkasiga chiqib, yo‘lovchilarni urib ketgan. Favqulodda hodisa shaharning Yong-strit va Finch avenyu ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Politsiya ushbu xatti-harakatni amalga oshirgan haydovchini allaqachon ushlagan.

Politsiya, shuningdek, voqea joyi o‘rab olingani, u yerda tezkor harakatlar bir necha kun mobaynida olib borilishini e'lon qilgan. Favqulodda hodisa joyi tomon eltuvchi yo‘llar ham yopilgan, voqea yaqinidagi North York Centre metro bekati ham ishlamayapti.

Mavzuga oid