Jahon | 15:20 / 25.04.2018
34529
1 daqiqa o‘qiladi
Aqto‘beda O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘lgan avtobus haydovchilariga qamoq muddati uzaytirildi
Qozog‘istonda O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan yonib ketgan avtobus haydovchilarining qamoqda saqlash muddati uzaytirildi. Bu haqda "Interfaks-Kazaxstan" sud matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
"Barcha uch nafar haydovchiga qamoqda saqlash muddati joriy yilning 24 mayiga qadar uzaytirildi", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi.
Yong‘indan so‘ng barcha uch haydovchi ikki oyga qamoqqa olindi. Keyinchalik qamoq muddati yana bir oyga uzaytirildi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024