Armaniston prezidenti sobiq bosh vazir va muxolif harakat yetakchisi bilan uchrashdi
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan hukmron partiya raisi, sobiq bosh vazir Serj Sargsyan va muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
«Prezident Sarkisyan 26 aprel kuni muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. U bu uchrashuvdan so‘ng ichki siyosiy inqirozga yechim topish maqsadida munozaralarni davom ettirmoqda», - deya ta'kidlanadi xabarda.
Matbuot xizmatidan qo‘shimcha qilishlaricha, Sarkisyan hukmron Respublika partiyasi raisi va o‘rinbosari Serj Sargsyan hamda Karen Karapetyan bilan ham uchrashgan.
«Uchrashuvlar konstruktiv ahamiyatga ega. Prezidentning umid qilishicha, qo‘shma sa'y-harakatlar orqali barchani qanoatlantiruvchi yechim topiladi», - deya qayd etib o‘tishgan matbuot xizmatidan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston vaqtinchalik bosh vaziri Pashinyan bilan muzokaralarni rad etgandi.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024