Sport | 22:01 / 29.04.2018
3153
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuis Xemilton “Formula-1”ning Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

Foto: Twitter/@MercedesAMGF1

“Mersedes” jamoasining britaniyalik poygachisi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton “Formula-1”ning Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib “Ferrari” a'zosi Kimi Raykkonen, uchinchi bo‘lib “Fors Indii” poygachisi, meksikalik Serxio Peres yetib keldi.

Poyganing umumiy jadvalida 4 ta poygadan keyin Xemilton 70 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, uning ortidan “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel (66 ochko) kelmoqda.  3-o‘rinni Raykkonen (48 ochko) egallamoqda.

Poyganing keyingi bosqichi 11-13 may kunlari Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Foto: @SkySportsNews

 

Mavzuga oid