O‘zbekiston | 16:27 / 02.05.2018
39870
1 daqiqa o‘qiladi

Asqar Mamin Toshkentga kelmoqda, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv rejalashtirilgan 

Foto: express-k.kz

2018 yilning 3 may kuni Toshkent shahriga Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning hamraisi Asqar Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturiga ko‘ra Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston hukumatida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyuradi.

Tashrif arafasida o‘zaro savdo ayirboshlashni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Qozog‘iston ishchi guruhi Toshkent shahriga keldi.

Mavzuga oid