O‘zbekiston | 00:17 / 04.05.2018
13442
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonlik urush qatnashchilariga Prezident nomidan pul mukofoti hamda qo‘l soatlari topshirildi

Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan 30 nafar urush qatnashchilariga Prezident nomidan bir martalik pul mukofoti hamda tilla suvi yurgizilgan soatlar tantanali ravishda topshirildi. Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi. 

Tadbir keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazildi. Urush va mehnat faxriylariga bayramona dasturxon yozildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ularga hurmat va extirom ko‘rsatildi. Tashrif buyurgan maktab va kollej o‘quvchilari hamda faxriylar uchun qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi namoyish etildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu bilan birga keksa avlod vakillari yoshlarga bosib o‘tgan hayot yo‘llari, turmush saboqlari hamda urush xotiralarini so‘zlab berdi. Mustaqillik, tinchlik bebaho ne'mat ekanligi, uni asrab-avaylash va ona Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash har bir insonning muqaddas burchi ekanligi ta'kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

  Bayramona tadbir yakunida Andijon garnizoni harbiy orkestri hamda el ardog‘idagi xonandalar tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid