Jahon | 10:54 / 04.05.2018
15959
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Rossiyani yakkalatib qo‘yish uchun yirik sammitlardan foydalanmoqda - OAV

Foto: NEIL HALL/REUTERS

Buyuk Britaniya rahbariyati 2018 yilga rejalashtirilgan xalqaro shakldagi sammitlar seriyasidan Rossiyaga qarshi alyansni yanada kuchaytirish maqsadida foydalanmoqchi. Bu Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi tufayli o‘tkazilayotgan surishtiruv fonida yuz berishi kerak, deb yozmoqda Guardian hukumatdagi manbalarga asosan.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya diplomatlari bu maqsadlar uchun birinchi navbatda 2018 yildagi to‘rtta asosiy uchrashuvdan foydalanishni rejalashtirmoqda – «katta yettilik» davlatlari yetakchilari sammiti (G7), «katta yigirmatalik» (G20), NATO va Yevroittifoq sammiti. 

Ta'kidlanishicha, britaniyalik diplomatlar ushbu strategiya doirasida kiberxavfsizlik, NATO harbiy strategiyasi, sanksiyalar, shuningdek, Rossiya tashviqooti bilan kurashga kompleks yondashuv masalalarini ko‘tarmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV Tereza Meyni yolg‘onchilikda ayblab chiqqandi.

Mavzuga oid