Dunyoning eng boy odami davlatining katta qismini koinotga sarflamoqchi
Amazon asoschisi, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos o‘z boyligini koinotni o‘zlashtirishga sarflamoqchi. Milliarderning rejalarida raketa-tashuvchilar, koinotda odamlar yashovchi bazalar va uzoq sayyoralarni zabt etish bo‘yicha boshqa yirik loyihalar bor. Bezos koinotni o‘zlashtirish uchun hozirdayoq ulkan mablag‘lar sarflamoqda: u har yili New Glenn raketasini loyihalash va sinovdan o‘tkazish uchun 1 mlrd dollardan mablag‘ sarflaydi. Ushbu raketani yaratish bilan Bezosning Blue Origin koinot kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
Bezos o‘z rejasini bir necha bosqichda amalga oshirmoqchi. Ulardan birinchisi sayyoramiz sarhadlaridan tashqariga maksimal og‘ir vazndagi yukni olib chiqa oladigan ishonchli va kuchli raketalarni ishlab chiqish hisoblanadi. So‘ngra milliarder koinotda ishonchli va qulay turar-joy yaratishga qodir iste'dodli muhandislar va olimlarni izlashni rejalashtirmoqda. Bezos rejasining yakunlovchi bosqichi Oy yoki Marsga ekspeditsiyani amalga oshirish bo‘ladi.
Bezos insoniyat o‘zining mavjudligini davom ettirishi uchun taraqqiy etib, koinotga “ketishi” kerak, deb hisoblamoqda. Bu rejani amalga oshirish uchun milliarder o‘z boyligining katta qismini sarflamoqchi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, Bezosning ayni vaqtdagi boyligi 120 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 17.09.2024
Amazon o‘z xodimlarini ofisdan turib ishlashga qaytarmoqchi
19:11 / 04.09.2024
Amerikalik milliarder Jyeff Bezos 80 mln dollarga shaxsiy samolyot sotib oldi
14:05 / 24.08.2024
Amazon xodimi bir yarim yil deyarli ishlamay, 555 ming dollar maosh oldi
21:10 / 03.08.2024