Ferrari asoschisi Entso Ferrariga tegishli yorqin iboralar
Ferrari avtomobilsozlik kompaniyasi asoschisi Entso Anselmo Ferrari biznesda “Mijoz har doim ham haq emas” qoidasi ishlashini aytgan. Quyida Ferrari aytgan boshqa yorqin iboralar keltirilgan.
Dam olishsiz ishlab, o‘lim haqida o‘ylashga vaqting bo‘lmaydi.
Avtopoygalar ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan birorta mashina yo‘q.
Men dizayner emasman. Buni boshqalar qiladi. Men esa ularning asabiga tegaman.
Dunyodagi yagona haqiqiy muhabbat – otaning o‘g‘liga muhabbatidir.
Dunyoda ikkita fikr mavjud: meniki va noto‘g‘ri.
Bu yerda va hozir yashab, cho‘qqilarga erishish lozim. Shu sababli menga sizning haykallaringiz kerak emas.
Men oxirigacha ishonadigan yagona do‘stlarim – bu avtomobillar.
Men 12 silindrga uylanganman va hech qachon ular bilan vidolashmaganman.
Mavzuga oid
16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
12:55 / 03.08.2024
Dunyoga mashhur Ferrari – poygachi tashkil etgan kompaniya qanday rivojlangandi?
23:27 / 14.11.2023
Noyob Ferrari auksionda 52 million dollarga sotildi
12:34 / 06.12.2021