Noyob Ferrari auksionda 52 million dollarga sotildi
Ferrari GTO Qo‘shma Shtatlardagi auksionda narx rekordini o‘rnatdi.
Nyu-Yorkdagi RM Sotheby's auksionida 1962 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 330 LM/250 GTO avtomobili rekord darajadagi 51,7 million dollarga (≈641 milliard so‘m) sotildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Scaglietti atelyyesi tomonidan ishlab chiqilgan kuzovli avtomobil auksionda sotilgan eng qimmat Ferrari va 2023 yilda dunyodagi eng qimmat klassik avtomobilga aylandi. Mashina taxminan 40 yil davomida Ohayo shtatidagi kolleksioner Jim Jyegerga tegishli bo‘lgan. Kimoshdi savdo uyi mashinaning xaridori ismini oshkor qilmadi.
Rekord narx bo‘lishiga qaramay, avtomobil bundan ham qimmatroq sotilishi kutilgan edi. RM Sotheby's auksioni uni 60 million dollarga sotilishini bashorat qilgan edi.
Mashina Ferrari poyga jamoasi uchun ishlab chiqarilgan va «Nyurburgring 1000 km», «24 soatlik Le Man» poygalarida qatnashgan. U 400 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan. Keyinchalik 310 ot kuchiga ega V12 3.0 dvigateliga almashtirilgan.
Mavzuga oid
16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
12:55 / 03.08.2024