Jahon | 11:22 / 17.05.2018
36453
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar tashvishda: Osiyoda yana kimdir ozon qatlamini buzmoqda

Foto: Getty Images

AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi olimlari tashvishli bayonot berishdi – havo namunalari shuni ko‘rsatmoqdaki, jahondagi qaysidir davlat atmosferaga taqiqlangan moddani chiqarib, Monreal bayonnomasini buzmoqda. Gap 1930-yillarda eski muzlatish uskunalarida xladagent sifatida qo‘llangan tixlorftormetan (CFC-11) haqida ketyapti.

Olimlar xlorftoruglerodlarning ozon molekulalariga buzuvchi ta'sirini aniqlashgach, jahonda CFC-11 ishlab chiqarish 1987 yilgi Monreal bayonnomasi bilan taqiqlandi.

Gavayi orollari yaqinidan olingan havo namunalari shuni ko‘rsatdikki, ayni vaqtda CFC-11 zichligining barqaror pasayishi to‘xtagan va 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 50 foizga sekinlashgan. Shu bilan birga, olimlarning taxminicha, bunga eski muzlatish uskunalari qayta ishlanmagani ham sabab bo‘lishi mumkin. «Katta ehtimol bilan, kimdir CFC-11’ni ishlab chiqarmoqda, u atmosferaga chiqarilmoqda, - deya ish muallifi Stiven Monttska Nature nashrida vaziyatga aniqlik kiritgan. – Biz ular buni nega va nima maqsadda qilayotganini bilmaymiz – bu qandaydir kimyoviy jarayonning mahsuli bo‘lishi mumkin». Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, hozircha ifloslanish manbasi qayerda ekanini aniqlash mushkul, biroq havo oqimlari tahlili Sharqiy Osiyo mintaqasini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid