Eronda qo‘ziqorindan 9 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ko‘proq odam zaharlandi
Eron g‘arbida qo‘ziqorindan 720 dan ko‘proq odam zaharlandi, 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Eron favqulodda xizmati vakili Mujtab Xolidiyga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi ma'lum qildi.
Xolidiyning aytishicha, Kirmanshox, Kurdiston, Luriston, Zanjon, G‘arbiy Ozarboyjon va Kazvin viloyatlarida 721 kishi zaharli qo‘ziqorindan zaharlangan. 50 ga yaqin kishi o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lib, ulardan bir nechasiga zudlik bilan buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi talab qilinmoqda.
Yasuja tibbiy fanlar universitetining ma'lum qilishicha, zaharli qo‘ziqorinlarning tashqi ko‘rinishi va ta'mi yesa bo‘ladiganlaridan farq qilmaydi. Qo‘ziqorinning zaharli ekanini laboratoriya tajribalari o‘tkazish orqaligina aniqlash mumkin.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024