Jamiyat | 11:12 / 19.05.2018
22889
1 daqiqa o‘qiladi

Piyodani o‘tkazib yubormagan haydovchilarga chora ko‘rildi – IIBB

18 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilardan biri tomonidan Baynalminal ko‘chasida tasvirga olingan video tarqatilgan. Tasvirda 15ta avtomobil haydovchilarining piyodalar yo‘lagidan o‘tmoqchi bo‘lgan keksa kishiga yo‘l bermay o‘tib ketganligini ko‘rish mumkin. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlarga qarshi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-modda 1-qismi bilan qonuniy chora ko‘rish maqsadida videotasvir Toshkent shahar IIBB YHXBga taqdim etildi.

Shu kuni soat 20.00ga qadar piyodaga yo‘l bermagan 3 nafar qoidabuzarga qarshi bayonnomalar rasmiylashtirildi. Yana 12 nafar haydovchini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

 

Mavzuga oid