Iqtisodiyot | 14:54 / 30.05.2018
5136
1 daqiqa o‘qiladi

BP rahbari: neft narxi 100 dollargacha ko‘tarilishiga hech qanday sabab yo‘q 

Foto: RIA Novosti / Yevgeniya Novojyenina

BP energetika kompaniyasi rahbari Robert Dadlining ma'lum qilishicha, u neft narxi bir barrel uchun 100 dollarga ko‘tarilishiga jiddiy bir sababni ko‘rmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Men avval ham aytgandim - yo‘q. Neft narxi bir barrel uchun 100 dollarga ko‘tarilishini taxmin qilayotgan odamlar bor. Men u 100 dollarga chiqadi, deb o‘ylamayman. Bu neft yetkazib berish bo‘yicha qandaydir cheklovlar bo‘lsagina yuz berishi mumkin. Men narx shu darajaga chiqib ketishi bo‘yicha boshqa sababni ko‘rmayapman», - deya aytib o‘tdi Dadli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuv (OPeK+) doirasidagi mamlakatlar hamkorligi barqarorlik uchun kengayishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid