«G‘alati voqea». Kreml Babchenko voqeasiga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevda jurnalist Arkadiy Babchenkoning o‘ldirilishi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqqanini «g‘alati voqea» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, odam tirik ekani yaxshidir.
«Biz izoh bermaymiz. Voqea juda g‘alati. Bu holatda maqsad vositalarni qanchalik oqlashini bilmayman. U tirik ekanidan xursandmiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Babchenko o‘ldirilgani haqidagi xabar 29 may oqshomida paydo bo‘ldi. Ertasi kuni UXX jurnalistning tirik ekani, Babchenkoning o‘ldirilishi haqiqiy suiqasd tashkilotchilarini qo‘lga olish maqsadida sahnalashtirilganini e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Babchenko ishi terakt sifatida tergov qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
23:40 / 27.09.2024
Ukraina Qurolli Kuchlari frontga kelgan yangi askarlarning yarmidan ayrilmoqda
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
18:06 / 27.09.2024