Jahon | 09:29 / 04.06.2018
8720
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning birinchi ko‘p martali kosmik raketasi qachon sinovdan o‘tkazilishi aytildi

Foto: Sergey Savostyanov/TASS

Rossiyaning ortga qaytariluvchi, ko‘p martalik birinchi kosmik raketasi sinovlari 2022 yilda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

Qayd etilishicha, Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi loyiha guruhi rahbari Boris Satovskiy shu haqda ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Rossiyaning ko‘p martalik raketa-kosmik tizimi qiyofasi aniqlangan.

Shu bilan birga, tizimning parvoz sinovlari 2022 yilga mo‘ljallangan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, tizim orbitaga og‘irligi 600 kilogrammgacha bo‘lgan foydali yuklamani olib chiqish bilan shug‘ullanadi.

Satovskiyning ta'kidlashicha, har bir boshqariluvchi blok dvigatellarni almashtirmasdan turib 50ta parvozni amalga oshirishga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh flotida «kema qotillari» paydo bo‘lgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid