G7 yetakchilari Eronni "beqarorlashtiruvchi" xatti-harakatlardan tiyilishga chaqirishdi
G7 mamlakatlari yetakchilari Eronni raketalarni ishga tushirish va boshqa "beqarorlashtiruvchi" xatti-harakatlardan tiyilishga chaqirishdi, deyiladi guruh sammitining yakuniy uchrashuvida.
"Eron raketa dasturining xalqaro tinchlik va xavfsizlikka solayotgan tahdidini inobatga olib, biz Eronni ballistik raketalarni ishga tushirish va BMT Xavfsizlik Kengashining 2231-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq kelmaydigan hamda mintaqaga "beqarorlashtiruvchi" ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa xatti-harakatlardan tiyilishga chaqiramiz", - deyiladi hujjatda.
Tomonlar Eron yadroviy dasturi tinchlik maqsadlariga ega ekaniga ishonch hosil qilmoqchi ekanliklari haqida aytishdi.
Yetti davlat rahbarlari shuningdek Eron tomonidan "terrorizmning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi"ni qoralashdi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024