Portugaliya, Islandiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari Rossiyaga yetib borishdi
Portugaliya, Islandiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari jahon chempionatida ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib borishdi.
Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi - Portugaliya terma jamoasi Moskva viloyatidagi Kratovo shaharchasida istiqomat qiladi. Ular guruh bosqichida Ispaniya (15 iyun, Sochi), Marokash (20 iyun, Moskva) va Eron (25 iyun, Saransk) bilan bellashadi.
Islandiya terma jamoasi Gelenjik shahrida istiqomat qiladi. Heymir Hadlgrimsson shogirdlari guruh bosqichida Argentina (16 iyun, Moskva), Nigeriya (22 iyun, Volgograd) va Xorvatiya (26 iyun, Rostov-na-Donu) bilan kuch sinashadi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qiladi. Xuan Antonio Pitstsi shogirdlari JCh-2018 guruh bosqichida Rossiya (14 iyun, Moskva), Urugvay (20 iyun, Rostov-na-Donu) va Misr (25 iyun, Volgograd) bilan bellashadi.
Mavzuga oid
19:01
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi
12:37 / 27.10.2024