AQSh HHKning izsiz g‘oyib bo‘lgan zobiti 35 yil o‘tib qo‘lga olindi
AQShning Kaliforniya shtatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlari sobiq zobiti kichik Uilyam Govard Xyuzni qo‘lga olishdi. U 35 yil muqaddam izsiz g‘oyib bo‘lgandi. Bu haqda Associated Press AQSh harbiy-havo kuchlari maxsus surishtiruvlar boshqarmasiga asosan xabar bermoqda.
Kichik Xyuz shaxsni tasdiqlovchi hujjatni soxtalashtirish bilan ro‘y bergan firibgarlik holati bo‘yicha surishtiruv ishlari yakuniga ko‘ra qo‘lga olindi.
Agentlikning aytishicha, harbiy-havo kuchlari zobiti 35 yil muqaddam maxfiy ma'lumotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan. U sovuq urush paytida NATOning kuzatuv tizimlarini yaratish va ishlashini tahlil qilish bilan shug‘ullangan.
Kichik Xyuz Albukerk shahrida 1983 yilda izsiz g‘oyib bo‘lgan, u o‘shanda 33 yoshda edi.
Zobitning qo‘lga olinganidan so‘ng aytishicha, AQSh harbiy-havo kuchlaridagi ishdan hafsalasi pir bo‘lgan, shundan keyin u shaxsni tasdiqlovchi soxta hujjat yasagan va Kaliforniyada shuncha yil davomida istiqomat qilib kelgan. Hozirgi paytda kichik Xyuz dezertirlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024