Hukumat noruda foydali qazilmalarga doir qaror qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishni ushbu qarorga qat'iy muvofiq amalga oshiradi;
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va oqilona o‘zlashtirilishi yuzasidan amaliy nazorat qilinishini ta'minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar olish uchun buyurtmanomalar berishning elektron tizimini joriy etadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni olish uchun oldin berilgan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni berishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibiga muvofiq yakuniga yetkaziladi;
g‘oliblari oldin o‘tkazilgan ochiq savdolarda aniqlangan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish ushbu qarorga muvofiq ular tomondan moliyaviy taklif summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga to‘langanidan so‘ng belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, geologik o‘rganish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida (yer qa'ridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash, qidirishga oid huquqni tasdiqlaydi.
Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va to‘ldirish davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish xuquqi yuzaga kelishiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa'rini geologik o‘rganishga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya uning egasiga konni qazib olish, qazib olinayotgan mineral-xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan, agar litsenziya shartlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya noruda foydali qazilmalarning zaxiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan kon bo‘yicha uni qazib olish uchun beriladi.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya konning alohida uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi, agar ushbu holat konni qazib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasa va konning qolgan qismlari (uchastkalari)ni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilmasa.
Bir konni bir necha yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda konni qazib olish Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon- geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan, yer qa'ridan oqilona foydalanishni va atrof muhit muhofaza qilinishini ta'minlovchi qazib olish tizimida amalga oshirilishi kerak.
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bir vaqtning o‘zida bitta yer qa'ridan foydalanuvchiga berilishiga yo‘l qo‘yiladi, shu jumladan, o‘zaro yaqin joylashgan noruda foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra ularni faqat birgalikda bir yer qa'ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olish rentabelli bo‘lsa.
Bir vaqtning o‘zida noruda foydali qazilmalarning turli konlarini, ayrim turdagi qurilish materiallari va boshqa materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur komponent sifatidagi mineral-xomashyolarni qazib olishga oid yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bitta yer qa'ridan foydalanuvchiga berilishi mumkin.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasi unga berilgan kon ajratmasi doirasida qo‘shimcha litsenziyasiz yer qa'rini geologik o‘rganishga doir ishlarni, ularni Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondida davlat hisobiga qo‘yish sharti bilan olib borish huquqiga ega.
Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya uning egasining kon-qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining tarkibida noruda foydali komponentlari mavjud chiqindilarini qayta ishlash ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish va mineral-xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga egalik huquqi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyaga muvofiq litsenziya egasida yer qa'ri uchastkasidan foydalanish muddati mobaynida saqlab qolinadi. Bunday holda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.
Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya yer qa'ridan foydalanuvchi balansida hisobda turmaydigan yoki texnogen mineral hosilalar sotilgan yoki belgilangan tartibda boshqa yer qa'ridan foydalanuvchiga topshirilgan holda kon qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash uchun beriladi.
Geologik o‘rganish uchun noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
yer qa'rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarning minimal hajmlari, ularni amalga oshirish muddatlari va yer qa'ri haqida olingan geologik yoki boshqa ma'lumotlarni hisobga olish hamda saqlash va ishlarni tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondiga topshirish muddatlari;
kon inshootlari va quduqlarni aholi hayoti va salomatligini, atrof muhit xavfsizligini ta'minlaydigan holatga keltirish (rekultivatsiya qilish), shuningdek, foydalanishga yaroqsiz kon inshootlari va quduqlarni tugatish tartibi;
noruda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga topshirish tartibi va muddatlari;
yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar nazarda tutiladi.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, zaxiralarni qazib olish va kon maydonida (uchastkada) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni to‘lash shartlari;
yer qa'ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, xodimlarni kasb bo‘yicha tayyorlash va shu kabilar);
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shart nazarda tutiladi.
Texnogen mineral hosilalaridan foydalanish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, texnogen mineral hosilalar (konlar) zaxiralarini qazib olish va kon maydonida (uchastkalarda) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘lash shartlari;
yer qa'ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, xodimlarni kasb bo‘yicha tayyorlash va shu kabilar);
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutiladi.
Geologik o‘rganish, noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa'ri uchastkalari quyidagilar uchun belgilangan muddatlarga beriladi:
geologik o‘rganish uchun besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olishga doyr texnik-iqtisodiy asoslash bilan belgilangan muddatga.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanishga oid litsenziyalar geologik jihatdan o‘rganish ishlari Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan faqat qidirilgan noruda foydali qazilmalar konlariga hamda quyidagi mezonlar uyg‘unligida ochiq savdolar asosida beriladi:
yer qa'ri uchastkasining infrastruktura obektlariga (elektr uzatish, temir yo‘l stansiyasi, avtomobil yo‘li) yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;
yer qa'ri uchastkasining shahar aholi punkti va yirik qurilish obekti yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;
noruda foydali qazilmalarning tavsiya etilayotgan zaxiralari hajmi (5 mln. m3/t.dan ortiq).
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilarga so‘ralayotgan yer qa'ri uchastkasi bo‘yicha geologik yoki boshqa ma'lumotlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan realizatsiya qilinadi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024