Jamiyat | 14:37 / 19.06.2018
10648
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda fuqaroni 1 tonna 206 kilogramm mayizga «uxlatishdi»

Illyustrativ foto/Uz24

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 16 iyun kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 25 fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, T.Ya. Xatirchi tumanida yashovchi, 2-guruh nogironi S.A.ning uyida undan 1 tonna 206 kg. mayizini 13.266.000 so‘mga hisoblab olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u pulini mayizni sotgandan keyin olib kelib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida T.Ya. ushlangan.

Mavzuga oid