Jamiyat | 10:03 / 19.06.2018
8981
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent metrosida uyali aloqa paydo bo‘lishi mumkin
1 iyundan Toshkent metropolitenida surat va videotasvirga olish bo‘yicha ilgari amal qilgan taqiq bekor qilindi. Bundan tashqari, poytaxt metrosining ba'zi bekatlarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi, u hozirda test rejimida ishlamoqda.
Agar Wi-Fi’ni joriy etish bo‘yicha tajriba muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, Toshkent metrosida uyali aloqa ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Repost poytaxt metropolitenidagi o‘z manbalariga asosan xabar berdi.
Uyali aloqa antennalarining paydo bo‘lishi haqidagi batafsil ma'lumotlar Wi-Fi sinovidan ikki oy keyin paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Wi-Fi metroning qaysi bekatlarida paydo bo‘lgani aytilgandi.
Mavzuga oid
14:04
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024