O‘zbekiston | 01:20 / 26.06.2018
41370
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi

Xalq ta'limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xalq ta'limi vazirligi (XTV) markaziy apparati tarkibidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi. Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Shuningdek yig‘ilishda Sherzod Shermatov Xalq ta'limi vazirligining asosiy maqsadi barkamol avlodni yetishtirish etib belgilangani, tizimda mehnat qiluvchi xodimlar ana shu maqsaddan og‘ishmasligi kerakligini alohida uqtirgan.

Shermatovning qayd etishicha, XTV faoliyati uch tamoyilga asoslanadi:

·   sifat;

·   adolat;

·  shaffoflik.

«Mana shu maqsad va uch asosiy tamoyil bo‘yicha ishlay oladigan odamgina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan xayrlashamiz», - deb aytgan Xalq ta'limi vaziri.

Mavzuga oid