Xalq ta'limi vazirligi rahbar lavozimlarga ishga taklif etmoqda
Xalq ta'limi vazirligi tizimni tubdan isloh qilish maqsadida maktab ta'limini yuksaltirishda aniq takliflarga ega bo‘lgan shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni rahbar lavozimlarga taklif etadi. Bu haqda vazirlikning feysbukdagi sahifasida rasman e'lon berilgan.
«Mamlakat kelajagi bo‘lgan barkamol avlod taqdiriga befarq emasmisiz?
Unda Xalq ta'limi vazirligi jamoasiga qo‘shiling!
Muhtaram Prezidentimiz o‘qituvchining jamiyatdagi obro‘sini oshirish va maktab ta'limini rivojlantirish maqsadida Xalq ta'limi vazirligini eng muhim vazirliklardan biriga aylantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.
Xalq ta'limi vazirligi tizimni tubdan isloh qilish maqsadida maktab ta'limini yuksaltirishda aniq takliflarga ega bo‘lgan shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni rahbar lavozimlarga taklif etadi», deyilgan e'londa.
Ma'lumotlar hr@xtv.uz elektron pochtasiga yuborilishi kerak.
Nomzodlar xatda quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatadilar:
- Ismi sharifi;
- Yashash manzili;
- Bog‘lanish uchun ma'lumotlar (telefon, e-mail, telegram);
- Siz tizimdagi qaysi bo‘g‘inni rivojlantira olaman deb o‘ylaysiz? (vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari, viloyat boshqarmalari, tuman(shahar) bo‘limlari, ta'lim muassasasi rahbarlari lavozimiga);
- Shu lavozimga nega aynan Siz munosibsiz (100 tagacha so‘z)?
Xatga, albatta, CV yoki shaxsiy ma'lumotnoma hamda 3x4 xajmdagi rasm ilova qilinishi kerak.
Mavzuga oid
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida
20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
14:45 / 10.11.2022