Jahon | 07:43 / 02.07.2018
13848
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Fors ko‘rfaziga AQShning kimyoviy moddalar ortilgan kemasi kelganini ma'lum qildi 

Foto: CC BY 2.0 / U.S. Navy

AQShning kimyoviy moddalar ortilgan Cape Ray kemasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari esminetsi hamrohligida Fors ko‘rfaziga yetib keldi. Eronning Tasnim News Agency agentligining xabar berishicha, bu haqda Eron qurolli kuchlarining brigada generali Abulfazl Shakarchi ma'lum qilgan.

Shakarchining ta'kidlashicha, kema Fors ko‘rfazi davlatlaridan biridagi portda to‘xtagan. “Bizda AQSh kemasi, uning ekipaji va unga ortilgan kimyoviy moddalar haqida aniq ma'lumot bor. Bu ma'lumot keyinroq omma uchun ma'lum qilinadi”, deb aytgan Shakarchi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, avvalroq kema AQSh kimyoviy hujumlarga javob vaji bilan harbiy harakatlar olib borgan Iroq va Suriya sohillarida bo‘lgan. Generalning aytishicha, kema hududga bortidagi kimyoviy moddalarni Iroq va Suriyadagi qismlarga berish maqsadida kelgan.

General AQShning bu harakatlari oqibatlaridan ogohlantirgan va Vashington mintaqadagi “noqonuniy” mavjudligini oqlashning xavfli usulini qo‘llayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid