Sport | 10:00 / 03.07.2018
15932
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Bugun nimchorak finalning oxirgi o‘yinlari

Bugun, 3 iyul kuni jahon chempionati nimchorak final bahslari yakuniga yetadi.

Kunning dastkabki o‘yini Germaniyani guruhda qoldirib ketgan Shvetsiya hamda Braziliyadan keyin o‘z guruhida ikkinchi bo‘lgan Shveytsariya o‘rtasida kechadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. O‘yinni sloveniyalik Damir Skomina boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

ShVeTsIYa – ShVeYTsARIYa
3 iyul. Sankt-Peterburg. «Sankt-Peterburg» stadioni. 19.00 (Match TV).
Hakamlar: SKOMINA. Vukan, Praprotnik (barchai – Sloveniya).
Diskvalifikatsiya qilingan: Larsson – Lixtshtayner, Sher.

Nimchorak final doirasidagi oxirgi o‘yin esa turnir favoritlaridan yana biri Angliya terma jamoasi va Janubiy Amerika vakili Kolumbiya o‘rtasida kechadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanishi belgilangan. O‘yinni Mark Geyger boshchiligidagi amerikalik hakamlar boshqarib boradi.

KOLUMBIYa – ANGLIYa
3 iyul. Moskva. «Spartak» stadioni. 23.00 (Match TV).
Hakamlar: GeYGeR (AQSh). Fletcher (Kanada), Anderson (AQSh).

Mavzuga oid