Jahon | 01:12 / 06.07.2018
7439
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning shtatlaridan birida hayvonlarga insonlar kabi huquqlar berildi

Foto: Reuters/Abhishek N. Chinnappa

Hindistonning Uttrakxand shtatida hayvonlar insonlar bilan teng huquqqa ega bo‘ldilar. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Ushbu qarorni shtat oliy sudi qabul qildi. Qaror milliy oliy sud tomonidan ham tasdiqlanishi lozim. Hayvonlar huquqining tan olinishi brakonerlar, atrof-muhitni ifloslantiruvchi kompaniyalar va zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi omil bo‘lishi kerak. 

Shtat sudi barcha aholini hayvonlarni himoya qilishga chaqirdi va odamlarni ularning farovonligi uchun javobgar qilib qo‘ydi. “Barcha hayvonlar saltanati, jumladan qushlar va dengiz hayvonlari yuridik shaxs deb e'lon qilinadi”, deb aytilgan sudda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Hindiston qonunchiligida “yuridik shaxslar” tushunchasi ostida kompaniyalar, mental buzilishlarga ega odamlar va balog‘atga yetmaganlar nazarda tutiladi.  

Mavzuga oid