Sport | 18:41 / 09.07.2018
8828
11 daqiqa o‘qiladi

Harri Maguayr haqida: Jangovor ruh va iroda timsoli

1989 yilning 6 sentabrida Angliya terma jamoasi sardori va yetakchisi Terri Butcher Shvetsiyaga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinida sheriklarini maydonga boshlab tushdi. Dastlabki daqiqalardayoq uning peshonasi yorildi. Ammo qonga belangan Butcher maydonni tark etishni istamadi va boshiga bint bog‘langan holda o‘yinni davom ettirdi. 

O‘yinning asosiy qismini «ikkinchi qavatda» o‘tkazgan himoyachiga bint dosh bera olmadi. Butcherning o‘yin tugagandan keyin, hammayog‘i qonga bulangan, ammo mamnun holdagi rasmi butun ingliz matbuotida tarqab ketdi. Aynan shu rasm ingliz xalqining, mamlakat futbolining jangovor xarakteri va irodasi timsoli sifatida haligacha namoyish etib qilinadi, qandaydir entikish bilan eslanadi.   

Keyingi yillarda futbol ham, Angliya terma jamoasi ham ancha o‘zgardi, tabiyki. Uzoq vaqt Rio Ferdinand – Jon Terri yulduzli juftligida, umuman juda ko‘p yuqori maqomdagi yulduz futbolchilar to‘p surganiga qaramasdan, har xil murabbiylar kelib ketsa-da, natija bo‘lmadi. Rossiyaga esa, bir qator yosh va yangi futbolchilar bilan kelgan Angliyaga nisbatan qo‘yingki, favorit, shunchaki, uzoqroqqa borishi mumkin bo‘lgan o‘rtamiyona sifatida ham munosabat yo‘q edi. 

1/8 finaldan oldin, Angliya terma jamoasi raqibi kolumbiyaliklar ustozi Xose Pekerman shogirdlarini o‘ynash uchun emas, jang qilish uchun maydonga tushirayotganini ta'kidladi. Rostan ham shunday bo‘ldi, 3 iyul kuni «Spartak» stadionida kechgan o‘yin futboldan ko‘ra, jangni eslatardi, turli to‘qnashuvlar, simulyatsiyalar, ayyorona zarbalar – hammasidan bo‘ldi. Janubiy Amerika futboli uchun bu juda odatiy holat, ammo Harri Keynni haqiqiy yo‘lboshchi sifatida ko‘rayotgan Angliya tarkibida kolumbiyaliklarga turib bera oladigan haqiqiy jangchi qidirilganda, boshqa bir futbolchi ko‘z ongimizda gavdalanadi. 

O‘yinda sovuqqonlik bilan penalbtini ijro etgan Harri Keyn ham emas, inglizlarning doimiy penaltilar seriyasidagi omadsizlik an'anasiga nihoyat barham bergan Jordan Pikford ham emas... 

O‘sha oqshom terma jamoa libosida boshqa qahramon – uch yil oldin Chempionshipda to‘p surib yurgan, Fransiyada o‘tgan Yevropa chempionatiga esa, bir guruh o‘rtoqlari bilan muxlis sifatida tashrif buyurgan markaziy himoyachi porladi. 

Bu o‘yin sheffildlik Harri Maguayr faoliyatida cho‘qqi (keyingi o‘yinda Maguayr yanada yuqoriga sakradi va Shvetsiya termajamoasi darvozasiga boshi bilan gol urdi) edi. Hozir futbolchi 25 yoshda, Premer Ligada esa, 2015 yilning yozida debyut qilgandi. Ungacha Harri «Sheffild Yunayted» va «Hall Siti» tarkibida Birinchi Liga va Chempionshipda kurashgan, 2017 yilda «Hall» APLni tark etgach, «Lester» tarkibidan joy oldi va o‘tgan mavsumning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylandi.  (Endilikda Joze Mourino uni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rmoqchi bo‘layotgani ham ko‘p ta'riflardan yuqori baho bo‘ladi).

Aslida esa, bir vaqtlar bu bola regbi emas, futbol o‘ynashiga ishonish oson emasdi. 2010 yillarda «Sheffild»da paydo bo‘lgan Nil Kollinz xotirlaydi: «Men odatga ko‘ra, klub akademiyasidagi futbolchilarni ko‘zdan kechirdim va darhol e'tiborim Harriga tushdi. Ayniqsa, uning bu gavdasi bilan futbolchi bo‘lishiga ishonish qiyin edi, u shunchaki juda katta edi. Ammo mashg‘ulotlar boshlanib, uning to‘p bilan muomala qilishini ko‘rib, fikrim o‘n daqiqada o‘zgardi».

Ikki metrga yaqin bo‘yi va 100 kilo atrofidagi vazni bilan Harri boshqa ingliz himoyachilarida ko‘p uchraydigan besunaqaylikdan yiroq edi. U juda yaxshi texnika ega va to‘p bilan yaxshi muomala qiladi. 

«U haqiqatan ham yaxshi o‘ynardi» – davom etadi Kollinz, - «u gavdasiga nisbatan aql bovar qilmas darajada to‘pni nazorat qilardi. 2013/14 yilgi mavsumida biz Angliya kubogi yarim finaligacha bordik, o‘shanda tez-tez to‘p bilan hujumga qo‘shilgan Harri urilgan gollarda hammadan ko‘p qatnashgan edi».

Maguayr to‘pni qabul qilishi bilan oldinga qarab tepib yuborishga oshiqmaydi va o‘ziga mas'uliyatni olishdan qochmaydi. U to‘p bilan maydon markaziga qarab yurishni boshlashi yoki bir pas bilan sheriklariga hujumni davom ettirishga yaxshi imkoniyat hosil qilishi mumkin.

Aynan shu xususiyat tufayli maydonga Harri tushmoqda, tajribali Gari Keyxill yoki jismoniy tarafdan undan kam bo‘lgana Fil Jons emas. Kris Smolling esa, umuman uyda qoldi – shuning o‘zi ham Angliya terma jamoasi ustozi jamoaning o‘yin uslubi va mentalitetini o‘zgartirmoqchi bo‘layotganini bildiradi. 

Endi Angliyada hujumni o‘z jarima maydonidan rivojlantirishga harakat qilish urf bo‘lmoqda va bu qaysidir ma'noda Pep Gvardiolaning APL futboliga ta'siri deb baholanilyapti. Bunday o‘yin uchun esa, Harri Maguayr, «Manchester Siti»ga xuddi shu xususiyati uchun taklif qilingan Jon Stounz bilan birgalikda juda mos keladi. 

Agar raqib yirik gavdali bo‘lgan Maguayrni sekin harakat qilayotgandek ko‘rinishidan foydalanishni o‘ylasa, xato qiladi – masalan, Kolumbiyaning eng tezkor va driblingga usta hujumchisi Xuan Kuardado u bilan raqobatda deyarli hech narsa yarata olmadi. 

Umuman jahon chempionati oldidan Uoker, Stounz va Maguayr uchligi bilan himoyasini tashkil qilgan Sautgeyt jamoasidan yarim final yo‘llanmasini kutganlar juda oz edilar. Lekin Jyerard Pike, Serxio Ramos va Jyerom Boateng kabi markaziy himoya yulduzlari uyda, televizorda jahon chempionatini tomosha qilayotgan bir paytda bizning qahramonimiz hamon kurashning avj pallasida. 

Yuqorida esgan olingan Terri «Qassob» Byutcherning Yevro-2016 dan keyingi fikrlari («Hech qanday jangovorlik va agressiya yo‘q. Jamoa psixologiyasi juda yomon») endilikda eskirgani ko‘rinib turibdi. Endi Angliya terma jamoasida bu jihatlarning hammasi bor va aynan Harri Maguayr o‘sha xususiyatlarni timsol etayotgandek ko‘rinadi. Axir ishonish mumkin, balki kimdir Tunisga qarshi Angliya terma jamoasi tarkibida Harrini ko‘rib «iye bu kim bo‘ldi?» deb xayoldan o‘tkazgandir va bir paytlar yulduzli bo‘lgan inglizlarning qanday holga kelib qolgani ustidan kulib ham olgandir. 

Qizig‘i, bir yilgina oldin xuddi shu savolni «Lester» muxlislari ham bergan bo‘lishlari tabiiy. Mavsum davomida 80 gol o‘tkazib, Chempionshipga tushib ketgan jamoaning himoyachisi uchun 19 million yevro berish ular uchun ham ahmoqlikdek ko‘ringan, hozir esa, «Manchester Yunayted» bu himoyachi uchun bir necha barobar ko‘proq berishi kutilmoqda. 

 

Undan bir yil oldin esa, u terma jamoa uchun oddiy bir fanat edi va do‘stlari bilan Angliyani qo‘llab quvvatlash uchun Fransiyaga kelgandi. Balki o‘shanda uni ko‘pchilik tanimagan, e'tiborga ham tushmagan, hozir esa, Angliyaning himoyasining qo‘rg‘oni deb atashmoqda. 

Yana bir qiziq voqea. Matbuot anjumani yakunlanib borayotganda, orqadan ko‘pchilik uchun tanish yuzli, o‘tkir iyakli qo‘l ko‘tardi va savol berdi:
- Salom, men Jyeymi Vardi. Jyeymi Vardi Nyuzdan. Aytingchi, boshingizning diametri qancha?

Hamma kulib yubordi. Bu Angliya terma jamoasida juda ajoyib va pozitiv muhit hukmronlik qilayotganidan dalolat. 

Maguayr o‘zi haqidagi hazillarni juda yaxshi qabul qiladi va jahon chempionatidagi har bir daqiqadan zavq olmoqda. U va Vardi «Lester»ning 1966 yildagi Gordon Benksdan keyin, Angliya terma jamoasi bilan mundialga tashrif buyurgan ilk a'zolari bo‘ldilar. Lekin u juda kamtar va o‘zining xos bir futbolchi ekani haqidagi gaplarga e'tibor bermaydi.

«Balki u va Pikford tarkibimizda turli finallarda yoki Chempionlar Ligasidagi katta o‘yinlarda ishtirok etmagan yagona futbolchilardir va bu musobaqa ular uchun yanada muhim bo‘lsa ajab emas» – deydi Garet Sautgeyt Maguayr haqida. 

Maguayrning turnirdagi yagona xatosi Kolumbiyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalariga Yyerri Minaga yuqori qavatdagi kurashni boy berdi va bu terma jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin edi. Albatta, himoyachi bu vaziyatdan munosib xulosa chiqargan va Sautgeyt himoyachiga ishonishda davom etdi. Bunga o‘ziga xos minnatdorchilik ham uzoq kuttirmadi. Shvetsiyaga qarshi chorak finalda standart vaziyatda Maguayr endi raqib jarima maydonida, raqibning baland himoyachilaridan ustun keldi va hisobni ochdi. Bu gol himoyada juda kuchli harakatlari bilan taassurot qoldirgan shvedlarga qarshi o‘yinda muvaffaqiyat kaliti bo‘lganini ta'kidlash kerak. 

Beixtiyor aynan shvedlarga qarshi o‘yinda qonga belangan Terri Butcher xayolimizga keladi. Pikford, Tripper yoki Lingard singari, Harri Maguayrning o‘yinlari yuksak muvaffaqiyatlar uchun har doim ham katta nomlar shart emasligini isbotlayotgandek...

johndonne.ru dan olindi.

Mavzuga oid