O‘zbekiston | 20:24 / 11.07.2018
4703
4 daqiqa o‘qiladi

Kun sanasi: O‘zbekistonda Butunjahon aholishunoslik kuni nishonlanmoqda

Butunjahon aholishunoslik kuni har yili 11 iyulda nishonlanadi. Ushbu an'ananing ildizi 1987 yil 11 iyulga -  xalqaro hamjamiyat Yerning 5-milliard kishisining ramziy tavallud topgani ilk bor nishonlagan kunga borib taqaladi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT  Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) oilani shakllantirish inson huquqi ekanligini inobatga olgan holda, bu boradagi umumjahon va davlat sa'y-harakatlariga urg‘u berish maqsadida 2018 yilgi Butunjahon Aholishunoslik kunini birgalikda nishonlashdi.

Bu yilgi Butunjahon aholishunoslik kunining mavzusi «Oilani shakllantirish – inson huquqidir» deb, nomlandi.

Tehron Bayonotnomasiga ko‘ra, "Ota-onalar o‘z farzandlari soni va oralig‘ini erkin holda va mas'uliyat bilan belgilashda eng asosiy huquqga egadirlar".

UNFPA yillar davomida Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik qilib, O‘zbekistonda oilani shakllantirish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va bu borada barqaror rivojlanishga erishishni maqsad qilgan.

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi va Xotin-qizlar qo‘mitasining Butunjahon aholishunoslik kuniga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlari muhim milliy hamkor tashkilotlar, vazirliklar, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Milliy matbuot markazida davra suhbat qurish orqali boshlandi. Suhbat davomida Butunjahon aholishunoslik kuni mavzusining mohiyati alohida ta'kidlandi, ya'ni oilani shakllantirishda inson huquqiga asosiy omil hisoblanadi.

UNFPA'ning O‘zbekistondagi Vakili Miyeko Yabuta xonim o‘z kirish nutqida shunday dedi: "Oilani inson huquqlari asosida shakllantirish ayollar va bolalar salomatligini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu ayollar va ularning juftlariga o‘z hayotlarini rejalashtirish hamda istaklarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Oilani shakllantirish aholi salomatligini yaxshilashga, shuningdek oila va umuman olganda mamlakatning gullab-yashnashi yo‘lida xizmat qiladi".

Butunjahon aholishunoslik kuni oilalar o‘rtasida Toshkent shahrining Ekoparkida tashkillashtirilgan sport musobaqasini o‘tkazish bilan yakunlanmoqda. Bayram tadbirlari oilalar o‘rtasida turli xildagi sport mashg‘ulotlaridan tarkib topgan bo‘lib, ular ichida yugurish, stol tennisi va shashka bor. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – jamoatchilik e'tiborini reproduktiv salomatlik, oilani shakllantirish bo‘yicha xizmatlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek gender tengligini ta'minlashni rag‘batlantirish muhimligiga qaratishdir; oilani to‘g‘ri shakllantirish hisobiga ular o‘zlari va farzandlari uchun ko‘proq bilim olishi va salomatliklarini yaxshilashlari ko‘zda tutilgan.

Oilani shakllantirish nafaqat inson huquqi masalasi, balki xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishda, qashshoqlik qamrovini kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi, deyiladi tadbirda.

Butunjahon aholishunoslik kunida UNFPA hukumatlarni jinsiy va reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquqlarni muhofaza qilish, jumladan oilani shakllantirish xizmatlariga keng imkon berishga doir majburiyatlarini bajarishga chaqiradi.

Mavzuga oid