Jahon | 01:23 / 14.07.2018
12114
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi portlash oqibatida 128 kishi halok bo‘ldi 

Pokistonda parlament saylovlari o‘tkazilishiga 12 kun qolganda Belujiston viloyatida 13 iyulda portlash sodir etildi. Portlash oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ko‘proq odam yaralangan. Bu haqda Geo TV telekanali ma'lum qildi.

Terrorchi-xudkush o‘zini Mastung okrugida portlatgan. Voqea saylovchilar namoyishi o‘tkazilayotgan joy yaqinida sodir bo‘lgan.

Foto: AFP

Halok bo‘lganlar orasida Belujiston xalq partiyasidan nomzod Navabzoda Siroj Raizaniy ham bor bo‘lib, u saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Nazvaniye

Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. Voqea joyida politsiya va xavfsizlik kuchlari naryadlari kuchaytirilgan.

Foto: AFP

Pokiston markaziy saylov komissiyasi terakt sababli bu saylov okrugidagi saylovlarni ko‘chirishga qaror qilgan.

Mavzuga oid