Sport | 22:21 / 15.07.2018
8102
1 daqiqa o‘qiladi

Novak Jokovich 4 karra Uimbldon chempioniga aylandi

Foto: Gerry Penny/EPA

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich faoliyatida 4-marta Uimbldon musobaqasi g‘olibi bo‘ldi. 

31 yoshli Jokovich finalda janubiy afrikalik Kevin Andersonni 6:2, 6:2, 7:6 (7:3) hisobida mag‘lub eta oldi.  

Anderson va Jokovich umumiy hisobda o‘zaro 7-marta uchrashishdi. O‘zaro qarama-qarshilikda serbiyalik tennischi 6:1 hisobida oldinda bormoqda. 

Bundan avval Jokovich 2011, 2014, 2015 yillarda ham Uimbldon g‘olibi bo‘lgan. Serbiyalik uchun bu Katta dubulg‘a musobaqalaridagi 13-g‘alabasi bo‘ldi. U 6 marta Avstraliya ochiq chempionatini, 2 marta US Open’ni, bir marta Roland Garros’ni yutgan.

Mavzuga oid