O‘zbekiston | 12:20 / 16.07.2018
64624
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkentda 65 metr balandlikda davlat bayrog‘i o‘rnatildi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Eski nomi qaytarilib, «Istiqlol» o‘rniga «Xalqlar do‘stligi» saroyi nomini olgan san'at saroyi oldiga Shomahmudovlar yodgorligi qaytarilishi ortidan O‘zbekistonning ulkan bayrog‘i o‘rnatildi.

Ushbu bayroq 65 metrli flagshtok uchiga o‘rnatilgan. «Kun.uz» muxbiri quruvchilar bilan suhbatda aniqlashicha, bayroqning hajmi 12:25 metr

Ma'lum qilinishicha, bayroq atrofiga o‘rindiqlar o‘rnatilib, tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratiladi.

Ayni vaqtda hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. 22 iyul kuni ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Mening fikrim» portalida Toshkent shahrida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish haqidagi taklif joylashtirilgandi.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Mavzuga oid