Jahon | 22:01 / 18.07.2018
30705
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingi e'lon qilindi

Singapore Airlines aviakompaniyasi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalarining 2018 yilgi reytingi World Airline Awards v 2018’da yetakchilik qilmoqda. Bundan Skytrax marketing kompaniyasi so‘rovnomalari ma'lumotlari darak bermoqda.

Foto: CNA

2017 yilda Singapur aviakompaniyasi 2-o‘rinni egallagan va joriy yilda avvalgi yetakchi Qatar Airways bilan o‘rin almashdi.

3-o‘rinda ANA All Nippon Airways, 4-o‘rinda Emirates qolgan. Reytingning 5-pog‘onasiga Tayvanning EVA Air aviakompaniyasi ko‘tarilib olgan, Cathay Pacific avvalgi 5-o‘rindan 6-o‘ringa tushib ketgan. 7-o‘rinni qatorasiga ikkinchi yil Deutsche Lufthansa, 8-o‘rinni Hainan Airlines (avvalgi reytingda 9-o‘rin), 9-o‘rinni Garuda Indonesia (10-o‘rin) egallamoqda. Yetakchi o‘ntalikni Thai Airways yakunlamoqda.

Yetakchi o‘ntalikka 2017 yil 8-o‘rinni egallagan Etihad Airways kiritilmagan. 

China Southern Airlines o‘tgan bir yil ichida eng katta taraqqiyotga erishgan aviakompaniya deb topilgan.

Mitaqaviy yetakchilar o‘zgarishsiz qolgan: Yevropada Lufthansa, Shimoliy Amerikada Air Canada, Osiyoda esa Singapore Airlines eng yaxshi aviakompaniya deb atalgan. Sharqiy Yevropa bo‘yicha 6 yildan beri “Aeroflot” eng yaxshi aviakompaniya deb tan olinmoqda.

Arzon aviakompaniyalar reytingida 1-o‘rinni qatorasiga 5 yildan beri Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasi egallamoqda, Yevropada bu borada Norwegian eng arzon aviakompaniya deb topilgan.

Skytrax’ning 2017 yil avgustidan 2018 yil mayigacha o‘tkazilgan so‘rovnomasida 100 tadan ko‘proq davlatdan 20,36 mln yo‘lovchi ishtirok etgan. So‘rovnomada 335 ta aviakompaniya tilga olingan, biroq yakuniy reytingga eng yaxshi 100 ta aviakompaniya kiritilgan. 

Mavzuga oid