O‘zbekiston | 20:49 / 23.07.2018
96150
2 daqiqa o‘qiladi

12 xorijiy oliygohga o‘qishga kirgan 19 yoshlik talaba bilan suhbat

“Pensilvaniyaning «Slippery Rock» universitetini tanlashga qaror qildim. Chunki u yerda men o‘zim xohlagan yo‘nalish - kiberxavfsizlik sohasida tahsil olishim mumkin”- deydi 12 ta xorijiy oliygohga bir vaqtda o‘qishga kirgan Diyorbek Jo‘rayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Diyorbekning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy universitetlarga o‘qishga kirish uchun ma'lum bir sohadagi bilim darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro sertifikatlar (TOEFL, SAT) bilan bir qatorda, insho yozish va o‘sha oliygoh professorlarining suhbatidan o‘tish talab etilgan. Litseydagi o‘qish mobaynida erishilgan a'lo baho ham muhim rol o‘ynagan.

«Ingliz tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikatlar oliygohda bepul ta'lim huquqini yutib olish uchun birlamchi bo‘lmadi. Tanlagan soham kiberxavfsizlik, kompyuter va informatsion texnologiyalar bo‘lganligi sababli matematika fanidan bilimlar ham kerak bo‘ldi.» – deydi suhbatdosh.

Ma'lum bo‘lishicha, Diyorbek o‘tgan yili Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti imtihonlaridan o‘tgan va o‘qishga qabul qilingan. Lekin kiberxavfsizlik sohasiga bo‘lgan kuchli qiziqish uni Amerika universitetlari eshigini qoqishga undagan.

Ma'lumot uchun, «International house» akademik litseyi bitiruvchisi 12ta universitetning barchasiga grant asosida o‘qishga qabul qilingan. «Slippery Rock» universiteti berayotgan grantning amal qilishi talabaning fanlarni qay darajada o‘zlashtirishiga qarab belgilanadi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Mavzuga oid