Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
Markaz firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun bir necha tavsiyalar berdi.
Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan ko‘plab viruslardan ogohlantirdi.
Qayd qilinishicha, firibgarlar akkauntni egallab olish maqsadida turli xil ko‘rinishlarda zararli havola va fayllarni tarqatmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun ikki bosqichli autentifikatsiyani o‘rnatish, SMS-xabarda kelgan raqamlarni hech kimga aytmaslik, Telegram sozlamasidagi «Qurilmalar» bo‘limida «Faol seanslar»ni tekshirib, notanish qurilmalar faoliyatini to‘xtatishni tavsiya etmoqda.
Avvalroq, firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yuborayotgani, «Foto» deb nomlangan fayl APK kengaytmasiga ega ekani, uni bosish orqali zararli virusni faollashtirish mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:41
Video sifatini avtomatik tanlash va yuborilgan xabarga media qo‘shish imkoniyati – Telegram'da yangilanishlar
20:41 / 23.10.2024
Telegram messenjerida ommaviy uzilish yuz berdi
23:08 / 22.10.2024
Rossiya prokuraturasi Telegramʼdan Putinning jiyaniga oid ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni talab qildi
21:14 / 22.10.2024