Jinoyatlarni hisobga olishdan yashirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, 241-1-modda (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) Jinoyat kodeksiga 22.09.2008 yilda kiritilgan. Shu kungacha unda og‘irlashtiruvchi holatlar nazarda tutilmagan va bitta qismdan iborat bo‘lgan, deb yozmoqda Norma.
Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning og‘irlashtiruvchi holatlarsiz jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi quyidagicha jazolanadi:
O‘sha qilmish:
• takroran sodir etilgan bo‘lsa (ya'ni bir necha marta, hukm qilingandan keyin retsidivist tomonidan sodir etilgani bilan chalkashtirmang);
• bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa (bu holda oldindan til biriktirishi majburiy hisoblanmaydi);
• og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa (og‘ir oqibatlarning batafsil ro‘yxati mavjud emas, sud tomonidan ishning holatini hisobga olib baholanadi), endi 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjat 21.07.2018 yilda e'lon qilingan, ko‘rsatilgan o‘zgartirishlar ham shu sanadan boshlab kuchga kirgan.
Mavzuga oid
10:40 / 06.11.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
13:38 / 23.10.2024