Iroqlik uchuvchilar mushtlashuvi. Mojaroga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi
Mojaro Iroq aviakompaniyasining Mashhad shahridan mamlakat poytaxti Bag‘dodga yo‘l olgan muntazam parvoz paytida sodir bo‘lgan. Samolyotda 157 yo‘lovchi bor edi.
AFP agentligining yozishicha, ikkinchi uchuvchi aviakompaniyani rahbariyatiga yuborgan maktubida ekipaj qo‘mondoni styuardessaga ikkinchi uchuvchi uchun ovqat olib kelishni taqiqlab qo‘ygan. U o‘zidan ruxsat so‘ralmaganligini bildirgan. Ekipaj qo‘mondoni taom tanovvul qilib bo‘lgach, u, xatga ko‘ra, ikkinchi uchuvchini urgan va haqorat qilgan, buning oqibatida mojaroga bortdagi xavfsizlik xodimi bilan aralashishga majbur bo‘ldi.
Shundan so‘ng ekipaj samolyotni Bag‘dodga muvaffaqiyatli qo‘ndirdi, biroq qo‘nishdan keyin ham mojaro davom etgan. Ikkinchi uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, qo‘mondon uni yana urgan va haqorat qilgan, shundan so‘ng u o‘zini himoya qilishga majbur bo‘ldi. Hozirgi paytda mojarodagi ikkinchi ishtirokchining hodisaga bo‘lgan nuqtai nazari noma'lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uchuvchilarning parvoz vaqtida mushtlashib ketishi tufayli aviahalokat yuz berishiga bir baxya qolgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
23:04 / 02.10.2024